locale OZ

Jahon chempionatining ilk kunida O‘zbekiston para dzyudochilari 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi

Gruziyaning Tbilisi shahrida para dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati start oldi hamda musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahon chempionatining ilk kunida O‘zbekiston para dzyudochilari 1 ta oltin va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi
photo: Dzyudo Uzbekistan

Gruziyaning Tbilisi shahrida para dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati start oldi hamda musobaqaning ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi (IPC) prezidenti, Xalqaro ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi (IBSA) prezidenti, Osiyo Paralimpiya qo'mitasi vitse-prezidenti hamda qo'mita rahbarlari ishtirok etdi.

Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston vakillari munosib ishtirok etib, delegatsiyamiz hisobiga 3 ta medalni taqdim etdi.

Xususan, Kemran Nurillayev oltin medalni qo‘lga kiritib, Jahon chempioni bo‘ldi. Shohrux Mamedov hamda Kumushxon Xodjayeva esa bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Bahslar yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ham ishtirok etib, g‘olib va sovrindor sportchilarni taqdirladi.

Eslatib o'tamiz, musobaqa 27-sentabrga qadar davom etadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting