locale OZ

Jahon chempionatining ilk kuni: O‘zbekiston terma jamoasi 3 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Londonda rapid va blits bo‘yicha jamoaviy jahon chempionati boshlandi. Dunyoning 55 etakchi jamoasi qatnashayotgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Yurtimiz sharafini Rustam Qosimjonov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov kabi tajribali grossmeysterlar himoya qilmoqda.

Chempionatning umumiy mukofot jamg‘armasi 500 ming yevroga teng bo‘lib, rapid yo‘nalishi uchun 310 ming, blits uchun esa 190 ming yevro ajratilgan. Musobaqaning ilk kunida rapid bo‘yicha 4 ta tur o‘tkazildi. O‘zbekiston jamoasi 3 g‘alaba va 1 mag‘lubiyatni qayd etdi:

1-tur: O‘zbekiston — Berlin Chess Federation — 6:0
Abdusattorov, Sindarov, Qosimjonov, Vohidov, Hamdamova va Imomquziyeva raqiblarini mag‘lub etdi.

2-tur: O‘zbekiston — Hetman Katowice — 4,5:1,5
Abdusattorov Navaraga yutqazdi. Sindarov, Yakubboev, Hamdamova va Imomquziyeva g‘alaba qozondi. Vohidov durang qayd etdi.

3-tur: O‘zbekiston — Knight Dance — 4,5:1,5
Abdusattorov Jorden van Forest bilan durang o‘ynadi. Sindarov, Vohidov, Hamdamova va Imomquziyeva g‘alaba qozondi. Yakubboev yutqazdi.

4-tur: O‘zbekiston — Team MGD1 — 2,5:3,5
Abdusattorov Arjun Ergaisini mag‘lub etdi. Sindarov, Yakubboev va Hamdamova durang o‘ynadi. Vohidov va Imomquziyeva yutqazib qo‘ydi.

Shu tariqa, terma jamoamiz 6 ochko bilan musobaqa jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. Bizni mag‘lub etgan Team MGD1 jamoasi esa 8 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

12 iyun kuni rapid yo‘nalishida yana 4 ta tur o‘tkaziladi. 5-turda shaxmatchilarimiz amerikalik grossmeyster Levon Aronyan boshchiligidagi Hexamind jamoasiga qarshi bahs olib boradilar. Bu jamoa ham 6 ochko jamg‘argan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting