Jahon chempionatining g'olib va sovrindor sportchilari hamda ularning murabbiylari taqdirlandi
Sportchilarimizning murabbiylariga ham pul mukofoti topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi
Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya va Paralimpiya Shon-shuhrati muzeyida taekvondo WT boʻyicha Xitoyning Usi shahrida oʻtkazilgan Jahon chempionatining gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Sport vazirligi, MOQ va O'zbekiston taekvondo WT assosiatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.
Dunyo birinchiligida 1 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, -74 kg vazn toifasida Jahon chempionligiga erishgan Najmiddin Qosimxojoyev Hukumat qarori asosida Prezident sovgʻasi – BYD avtomobili hamda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, mazkur musobaqada kumush medalga sazovor boʻlgan Svetlana Osipova hamda sportchilarimizning murabbiylariga ham pul mukofoti topshirildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist