locale OZ

Jahon chempionatidagi ishtirokimizni 6 ta medal bilan Top-3'da yakunladik!

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha 1 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan dunyoning 60 davlati orasida kuchli uchlikdan joy oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahon chempionatidagi ishtirokimizni 6 ta medal bilan Top-3'da yakunladik!
photo: Dzyudo Uzbekistan

Ekvador davlati mezbonlik qilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining yakkalik bahslari yakuniga yetdi.

So‘nggi uchinchi kun og‘ir vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi. Uchinchi kun ham o‘zbekistonlik dzyudochi shohsupaga ko‘tarildi. -90 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Jo‘rabek Eshpo‘latov finalga qadar yetib borib, jahon chempionatining kumush medali sohibiga aylandi.

Shu tariqa, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha 1 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan dunyoning 60 davlati orasida kuchli uchlikdan joy oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting