Jahon chempionatida zafar quchgan para dzyudochilarimizni tantanali kutib olishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
11–15 may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida para dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda yurtimiz para dzyudo jamoasi jonbozlik bilan qatnashib, 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bugun, 17 may kuni g‘olib va sovrindorlarimizni Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi, ommaviy axborot vositalari va sport ishqibozlari tomonidan tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi.
Qahramon sportchilarimizga samimiy tilaklar bildirildi, ularning matonati va fidoyiligi alohida e’tirof etildi. Mutasaddilar tomonidan chempionatdagi yuksak natijalar yurtimiz para sportining taraqqiyotiga xizmat qilishi ta’kidlandi va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilab qolishdi.

Bakradze Iman
Redaktor