locale OZ

Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etgan para velosportchilarimiz Vatanga qaytdi

4–7-sentyabr kunlari AQShning Hantsvill shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etgan para velosportchilarimiz Vatanga qaytdi
photo: velosport Uzbekistan

Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etgan para velosportchilarimiz Vatanga qaytdi!

4–7-sentyabr kunlari AQShning Hantsvill shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqada 47 ta davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham chempionlik uchun bahslarda munosib qatnashib, yurtimiz sharafini yuqori darajada himoya qildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, vakillarimiz Marjona Pardaboyeva va Pokiza Ahmadbekova hisobiga 3 ta oltin hamda 1 ta kumush medal yozildi.
Mazkur natija O‘zbekiston para velosporti tarixida Jahon chempionatlarida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich sifatida tarixga kirdi.

Bugun muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi, Sport vazirligi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi, Toshkent viloyati sport boshqarmasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va yaqinlari tomonidan tantanali kutib olindi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting