locale OZ

Jahon chempionatida muvaffaqiyat qozongan qo‘l jangi ustalari taqdirlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahon chempionatida muvaffaqiyat qozongan qo‘l jangi ustalari taqdirlandi
Rasm: Gazeta.uz

29-may – 3-iyun kunlari Turkiyaning Bursa shahrida qo‘l jangi bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yuksak natijalarga erishdi. Sportchilarimiz musobaqada 8 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Shuningdek, 3–8-iyun kunlari Gretsiyaning Lutraki shahrida o‘tkazilgan Butunjahon sport o‘yinlari doirasidagi qo‘l jangi bahslarida ham vakillarimiz muvaffaqiyatli qatnashib, 13 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Har ikkala musobaqada O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Kecha, 9 iyun kuni Sport vazirligida chempionlar va ularning murabbiylarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda sportchilar xizmat qilayotgan harbiy tuzilmalar vakillari, Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Qo‘l jangi federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Marosimda rasmiylar sportchilarni erishgan yutuqlari bilan muborakbod etib, ularga kelgusida yanada yirik musobaqalarda muvaffaqiyat tilashdi. G‘olib sportchilar va ularning murabbiylari o‘z ko‘rsatkichlariga qarab muddatidan oldin harbiy unvonlar, faxriy ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting