locale OZ

Jahon chempionati sovrindori Boburmirzo Yoqubov Jizzaxda e’tirof etildi

Jizzax shahridagi “Kiber arena” sport majmuasida “Prezident olimpiadasi”ning viloyat bosqichiga tantanali ravishda start berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Jahon chempionati sovrindori Boburmirzo Yoqubov Jizzaxda e’tirof etildi
photo: Og'ir atletika

Jizzax shahridagi “Kiber arena” sport majmuasida “Prezident olimpiadasi”ning viloyat bosqichiga tantanali ravishda start berildi. Bayramona ruh va yuqori kayfiyatda tashkil etilgan tadbir sportsevar yoshlar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Tadbir davomida sportning og‘ir atletika va boks yo‘nalishlarida jahon hamda Osiyo chempionatlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan chempion va sovrindorlar viloyat hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

Jumladan, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori Boburmirzo Yoqubov ham e’tirof markazida bo‘ldi. Bunday yuksak e’tibor va rag‘bat yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib, ularni katta marralar sari ruhlantirishi shubhasiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting