locale OZ

Jahon chempionati qahramonlari bilan uchrashuv tashkil etildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Jahon chempionati qahramonlari bilan uchrashuv tashkil etildi
Фото: Sport vazirligi

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytgan oʻsmirlar terma jamoamiz aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Federatsiya bosh kotibi Aziz Sobirov murabbiylar shtabi va dzyudochilarimizni tarixiy ishtirok bilan tabriklab, bu muvaffaqiyatlar davomiyligini saqlab qolish, keyingi xalqaro musobaqalarda ham yurtimiz shaʼnini munosib himoya qilish asosiy vazifa boʻlib qolishini taʼkidladi.

Shuningdek, uchrashuv davomida jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli lahzalar eʼtirof etildi, yoʻl qoʻyilgan xatolar haqida gaplashildi va kelajakda alohida eʼtibor talab qiladigan yoʻnalishlar belgilab olindi.

Sportchilarning jismoniy holati, tiklanish jarayoni va yangi yuklamalarga tayyorgarligi muhokama qilindi.

Endi bor eʼtibor shu oyda Indoneziya mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik koʻrishga qaratiladi.

Terma jamoamiz yilning yana bir katta musobaqasida oʻzining yuqori darajasini koʻrsatishga bel bogʻlagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting