locale OZ

Jahon chempionati: Bugun tatamiga 3 nafar dzyudochimiz chiqadi

Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari beshinchi kun bahslarida medallar uchun kurash olib boradilar
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Bugun, 17 iyun kuni Vengriyada boʻlib oʻtayotgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatining beshinchi kun bellashuvlari start oladi. Kun davomida -90 kg vazn toifasida erkaklar va -70 kg vaznda ayollar oʻrtasida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

Oʻzbekiston terma jamoasidan 3 nafar sportchi tatamiga chiqishi rejalashtirilgan. Ular quyidagi sportchilarga qarshi jang olib boradilar:
• Shahzodxoja Sharipov (-90 kg) — Kornelius Eylertsen (Norvegiya)
• Nurbek Murtazoyev (-90 kg) — Remi Feulle (Mavrikiy)
• Khurshida Razzokberdiyeva (-70 kg) — Yu-Tszin Lyao (Xitoy Taypeyi)

Maʼlumot uchun, shu kungacha jahon chempionatida Shukurjon Aminova (-57 kg) va Arslonbek Tojiyev (-81 kg) bronza medali uchun bahs olib borishgacha yetib kelgandi. Afsuski, ular taqdim etilgan imkoniyatdan toʻliq foydalanishning uddasidan chiqa olishmadi va har ikkisi musobaqani beshinchi oʻrin bilan yakunladi.


Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting