locale OZ

IV yoshlar Olimpiya o‘yinlari hamda XX yozgi Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz ishtiroki yuzasidan taqdimot o‘tkazildi

Federatsiyalarining mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
IV yoshlar Olimpiya o‘yinlari hamda  XX yozgi Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz ishtiroki yuzasidan taqdimot o‘tkazildi
Фото: Olympic.uz

Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov hamda Sport vazirligi mas’ullari tomonidan joriy yilning 31 oktabr-13 noyabr kunlari Senegal davlatining Dakar shahrida bo‘lib o‘tadigan IV yoshlar Olimpiya o‘yinlari hamda 19 sentabr - 4 oktabr kunlari Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida sportchilarimizning ishtirokiga doir taqdimot o‘tkazildi.

Xususan taqdimot davomida Dakar shahrida bo‘lib o‘tadigan IV yoshlar Olimpiya o‘yinlarida jami 25 sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishi, yurtimiz sportchilari ushbu musobaqalarda 9 ta olimpiya va 1 ta noolimpiya sport turlari bo‘yicha ishtirok etishi rejalashtirilganligi ta’kidlandi.

Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadigan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida esa jami 61 ta sport turidan musobaqalar o‘tkaziladi. O‘zbekiston sportchilari 31 ta olimpiya va 7 ta noolimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etishi kutilmoqda.

Sport vaziri tomonidan ushbu nufuzli xalqaro musobaqalarda sportchilarimizning puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda ishtirok etishi, bu borada sportchilar, trenerlar hamda sport federatsiyalarining mas’uliyatini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting