locale OZ

ITA va Og‘ir Atletika Federatsiyasi hamkorligida vebinar: “Dopingga qarshi kurash”

Sportchilarning o‘rgangan bilimlarini mustahkamlash maqsadida so‘rovnoma va savol-javob sessiyasi ham tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ITA va Og‘ir Atletika Federatsiyasi hamkorligida vebinar: “Dopingga qarshi kurash”
photo: Og'ir atletika

Xalqaro testlash markazi (ITA) va O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi hamkorligida “Dopingga qarshi kurash” mavzusida vebinar tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o‘tkazildi.

Vebinarda viloyat va milliy terma jamoalarning 70 nafardan ortiq sportchilari hamda ularning murabbiylari ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Og‘ir atletika va ot sporti” kafedrasi mudiri Hakimov Hamro va universitet professor-o‘qituvchilari ham tadbirda qatnashdi. Mashg‘ulotlar an’anaviy shakl bilan bir qatorda Zoom platformasi orqali onlayn tarzda ham bo’lib o’tdi.

Vebinar davomida ishtirokchilarga dopingga qarshi kurash sohasidagi asosiy tushunchalar va amaliy bilimlar yetkazildi. Jumladan, sportda qat’iy mas’uliyat prinsipi tushuntirilib, dopingga oid 11 ta asosiy qoidabuzarlik (ADRV) va ularning kimlarga taalluqli ekanligi keng muhokama qilindi.

Shuningdek, sportchilar dori-darmonlar va biologik qo‘shimchalarni tekshirish jarayonida qo‘llab-quvvatlash, qo‘shimcha vositalar bilan bog‘liq xavf-xatarlar hamda doping qo‘llanishining huquqiy va sport faoliyatiga salbiy ta’siri haqida batafsil ma’lumot oldi.

Sportchilarning o‘rgangan bilimlarini mustahkamlash maqsadida so‘rovnoma va savol-javob sessiyasi ham tashkil etildi.

Bundan tashqari, faol xabar berish (proactive reporting)ning roli va ahamiyati, shubhali holatlar yuzaga kelganda qayerga murojaat qilish va kimdan maslahat olish mumkinligi bo‘yicha aniq yo‘riqnomalar taqdim etildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi va dopingga qarshi madaniyatni shakllantirish sportchilar va murabbiylarning ustuvor vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting