locale OZ

ISU O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi gran-pri uchun to‘rt yo‘nalishda jami 9 ta yo‘llanma ajratdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Xalqaro konkichilar ittifoqi (ISU) 2025/26 yilgi yoshlar o‘rtasidagi gran-pri seriyasi uchun kvotalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasiga barcha to‘rt yo‘nalish — yakka yurish (yigitlar va qizlar), juftliklar hamda raqsli juftliklar bo‘yicha jami 9 ta yo‘llanma berildi.

Yakka yurish bo‘yicha:
O‘zbekiston vakillari Turkiyada (27–30 avgust) hamda Ozarbayjonda (24–27 sentabr) bo‘lib o‘tadigan bosqichlarda ishtirok etadilar.

Juftliklar yo‘nalishida:
Sportchilarimiz Latviya (20–23 avgust), Turkiya (27–30 avgust) va Tailandda (9–13 sentabr) o‘tkaziladigan bosqichlarda o‘z mahoratlarini namoyon etadilar.

Raqsli juftliklar bo‘yicha:
O‘zbekiston terma jamoasi Turkiya va Ozarbayjondagi bosqichlarda qatnashadi.

Ayni paytda O‘zbekiston MOQ yoki mamlakatda hozircha mavjud bo‘lmagan Qishki sport turlari federatsiyasi musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar ro‘yxatini e’lon qilgani yo‘q.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting