locale OZ

Istanbul shahrida kamondan otish bo‘yicha yirik xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Tentpegging, jigitovka, ot ustida va an’anaviy kamondan otish federatsiyasi nomidan musobaqada Amina Axmadjanova ishtirok etmoqda.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Istanbul shahrida kamondan otish bo‘yicha yirik xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda
photo: Google

3–7 iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida har yili dunyoning kuchli sportchilarini jamlaydigan 14-xalqaro “Fetih Kupası (Conquest Cup) 2026” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yilda musobaqada 51 davlatdan 700 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Turnir klassik, blokli va an’anaviy kamon yo‘nalishlarida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Tentpegging, jigitovka, ot ustida va an’anaviy kamondan otish federatsiyasi nomidan musobaqada Amina Axmadjanova ishtirok etmoqda.

Turnir doirasida Amina Axmadjanova Buyuk Britaniya ot ustida kamondan otish federatsiyasi rahbari Jamila Bi hamda Indoneziyadagi an’anaviy kamon ishlab chiqarish “BettonBow” bazasi rahbari, Qozogiston an’anaviy kamondan otish federatsiyasi vitsa prezidenti Dias Axmedov hamda WTAF (dunyo an’anaviy kamondan otish federatsiyasi) prezidenti Jungdon Kim va federatsiya bosh kotibi Zafer Metin Ates bilan uchrashdi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ham tentpegging, jigitovka, ot ustida kamondan otish va an’anaviy kamondan otish yo‘nalishlari izchil rivojlanib bormoqda. Mahalliy sportchilarning xalqaro musobaqalardagi ishtiroki ushbu sport turlarini ommalashtirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash va tajriba almashishga xizmat qiladi hamda mamlakatimizda milliy ot sporti turlari va kamondan otish yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting