locale OZ

Isroil hujumlari oqibatida Eron padel terma jamoasi a'zosi halok bo'ldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Eronlik padel-tennischi Parsa Mansur Isroilning Eronga uyushtirgan hujumlaridan birida halok bo'ldi. Bu haqda Eron tennis federatsiyasining Telegram-kanali xabar berdi.

Eron tennis federatsiyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, juma, 13-iyun kuni ertalab Tehron va yana bir nechta shaharga qilingan hujumlar natijasida bir qator harbiy qo‘mondonlar, olimlar va fuqarolar vafot etgan. Ular orasida Parsa Mansur ham bo‘lgan. U mashg‘ulotdan so‘ng uyiga qaytayotgan edi.

«Tennis federatsiyasi ushbu fojiali voqea munosabati bilan chuqur afsusda ekanini bildiradi va marhumning yaqinlariga sabr va matonat tilaydi», — deyiladi rasmiy bayonotda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting