Ismoil Voyidov xotirasiga bag‘ishlangan II xalqaro turnir boʻlib oʻtdi
G'olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Navoiy shahridagi "Sugʻdiyona" sport saroyida sportning dzyudo turi bo‘yicha o‘smir bolalar hamda qizlar o‘rtasida sport ustasi Ismoil Voyidov xotirasiga bag‘ishlangan II xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 400 nafardan ortiq iqtidorli sportchilar ishtirok etib, turli vazn toifalarida g‘oliblik uchun murosasiz bellashuvlar olib bordi. Turnir davomida yosh dzyudochilarning texnik va taktik mahorati, sportga bo‘lgan intilishi hamda raqobatbardoshligi yana bir bor namoyon bo‘ldi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘z vazn toifalarida yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist