Islom Maxachev Atlantika okeanida akula tutdi
UFC’ning yarim o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni Islom Maxachev Atlantika okeani sohilida baliq ovlash vaqtida akula tutdi. 34 yoshli rossiyalik jangchi bu haqdagi videoni o‘zining Telegram kanalida e’lon qildi.
Maxachev videoga qisqa izoh qoldirib, akulani tutish oson bo‘lmaganini ta’kidladi. Jangchi so‘nggi kunlarda baliq ovlash orqali mashg‘ulotlardan tashqari vaqtda hordiq chiqarayotganini ham ko‘rsatmoqda.
Ayni paytda Islom UFC’da ketma-ket 16 ta g‘alabadan iborat seriyani davom ettirmoqda. Uning professional faoliyatida jami 28 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat mavjud. So‘nggi jangida Maxachev UFC 322 turnirida Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etib, yarim o‘rta vazn chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.
Maxachev navbatdagi jangini UFC 330 turnirida o‘tkazadi. U yarim o‘rta vazn reytingida birinchi o‘rinda turgan irlandiyalik Ian Garri bilan to‘qnash keladi. Mazkur turnir AQShning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.