locale OZ

Islom birdamlik o‘yinlarida og‘ir atletika yakunlari: O‘zbekiston Osiyoda eng yuqori natija qayd etdi!

Musobaqa davomida qit’a sportchilari jami 81 ta medalni qo‘lga kiritib, 89 nafar atletdan iborat eng katta delegatsiya sifatida ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islom birdamlik o‘yinlarida og‘ir atletika yakunlari: O‘zbekiston Osiyoda eng yuqori natija qayd etdi!
photo: Og'ir atletika

VI Islom birdamlik o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi va unda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo delegatsiyasi yuqori natijalarni qayd etdi. Musobaqa davomida qit’a sportchilari jami 81 ta medalni qo‘lga kiritib, 89 nafar atletdan iborat eng katta delegatsiya sifatida ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlanganidan so‘ng Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi rasmiy statistikani e’lon qildi va unda O‘zbekiston terma jamoasining yuqori natijalarini alohida ta’kidladi. Sportchilarimiz 6 ta oltin, 9 ta kumush, 5 ta bronza jami 20 ta medal bilan Osiyo davlatlari orasida peshqadamlikni qo‘lga kiritib, musobaqaning eng muvaffaqiyatli delegatsiyasiga aylandi. Bu natija O‘zbekiston og‘ir atletikasining barqaror rivojlanib borayotganini hamda sportchilarimizning professional mahoratini yana bir bor tasdiqladi.

Shuningdek, Bahrayn, Indoneziya, Qozog‘iston va Eron delegatsiyalari ham munosib natijalarni namoyish etdi. Mazkur musobaqadagi ishtirok Osiyo qit’asining og‘ir atletika sporti taraqqiyotiga sezilarli hissa qo‘shishda davom etayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting