Islom birdamligi o‘yinlari. O‘zbekiston Ozarbayjonga naq 13 ta gol urdi
Ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozondi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida VI Islom birdamligi o‘yinlari musobaqasi davom etmoqda.
Bugun Nodir Eliboyev boshqaruvidagi O‘zbekiston futzal terma jamoasi Ozarbayjonga qarshi maydonga tushdi.
Unda terma jamoamiz futzalchilari 13:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, terma jamoa dastlabki turda Saudiya Arabistonini 5:2 hisobida mag‘lub etgandi.
VI Islom birdamligi o‘yinlari
"A" guruhi. 2-tur
O‘zbekiston – Ozarbayjon 13:2
Gollar: Ixtiyor Ropiev 3', Abror Ahmetzyanov 27', Ilhom Hamroev 28', Xayrulla Solixov 30', Akbar Usmonov 25', 32', Eldor Nigmatov 32', Muzaffar Ahmadjonov 10', 23', 35', Muhammadali Husonboev 15', 18', 40' – Emil Hazanzade 11', Farid Abbasov 25'
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist