locale OZ

Islam Maxachevning yarim o'rta vazndagi rejalari ma'lum bo'ldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UFC’ning turli vazn toifalaridagi eng kuchli jangchilaridan biri — Islam Maxachev yarim o'rta vaznga o'tish bo'yicha jiddiy rejalarga ega. Bu haqda uning menejeri Ali Abdel-Aziz ma'lum qildi.

Menejerning so'zlariga ko'ra, rossiyalik jangchi ushbu vazn toifasida kamida uchta jang o'tkazishni mo'ljallagan. U avvalo yarim o'rta vazndagi amaldagi chempion Jek Della Maddalena kamarini qo'lga kiritishni maqsad qilgan. Undan so'ng esa ushbu unvonni ikki marta himoya qilishni rejalashtirgan.

— Islam Maxachev — ayni paytda UFC’dagi eng kuchli jangchi. Agar u yana ikki marta chempionlikni himoya qilsa, UFC tarixidagi eng buyuk jangchilardan biriga aylanadi, — dedi Abdel-Aziz.

Eslatib o'tamiz, Jek Della Maddalena joriy yilning 10 may kuni Monrealda o'tgan UFC turnirida amerikalik Belal Muhammadni mag'lub etib, yarim o'rta vaznning yangi chempioni bo'lgan edi.

Islam Maxachev esa engil vazn toifasidagi kamarini to'rt bor muvaffaqiyatli himoya qilgan. Endi u ushbu kamarni vakant qoldirib, ikkinchi vazn toifasida ham chempionlikka da'vogarlik qilmoqda.

Tahminlarga ko'ra, Maxachev — Maddalena jangini joriy yil oktyabr oyida Abu-Dabida bo'lib o'tadigan UFC 321 turniri doirasida tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting