locale OZ

Islam Maxachev UFC kamaridan voz kechadimi?

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islam Maxachev UFC kamaridan voz kechadimi?
Rasm: gettyimages.com

UFC yengil vazn toifasidagi amaldagi chempion Islam Maxachev o‘z kelajagi borasida fikr bildirdi. Uning ta'kidlashicha, agar keyingi jangida yarim o‘rta vazn chempionligi uchun oktagonga chiqish imkoniyati paydo bo‘lsa ham, yengil vazndagi unvonidan voz kechmaydi.

«Shanba kuni bo‘ladigan jang men uchun muhim yo‘nalishni belgilab beradi. Ammo natijadan qat’i nazar, men yengil vazndagi kamarimni saqlab qolaman. Balki bu toifada haqiqiy da’vogarlar paydo bo‘lar», — deb yozdi Maxachev ijtimoiy tarmoqda.

Rossiyalik sportchi yarim o‘rta vazn chempionligi uchun jang qilishi mumkin. Buning uchun UFC 315 turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalena falastinlik Belal Muhammadni mag‘lub etishi kerak. Agar Belal g‘alaba qozonsa, Maxachev yarim o‘rta vazn rejasidan voz kechib, yengil vazndagi kamarini himoya qiladi. Bu haqda UFC prezidenti Dana Uayt Monrealdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Maxachevning ta’kidlashicha, 28 iyun kuni Las-Vegasda Iliya Topuriya va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi jang g‘olibi unga keyingi raqib bo‘lishi mumkin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting