locale OZ

Islam Maxachev Qirg‘izistonga kelib, Miqtibek Orolboyga murojaat qildi

Rossiyalik jangchi safar davomida qirg‘izistonlik UFC vakili Miqtibek Orolboyga hazilomuz tarzda murojaat qilib, uni ko‘rmayotganini aytdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Islam Maxachev Qirg‘izistonga kelib, Miqtibek Orolboyga murojaat qildi
Foto: Getty Images

UFC’ning yarim o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni Islam Maxachev Qirg‘izistonga tashrif buyurdi. Rossiyalik jangchi safar davomida qirg‘izistonlik UFC vakili Miqtibek Orolboyga hazilomuz tarzda murojaat qilib, uni ko‘rmayotganini aytdi. Bu haqda Islam Maxachev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Maxachev Qirg‘izistonga ko‘pkari o‘ynash uchun kelganini aytib, Orolboyga: “Qayerdasan? Men Qirg‘izistonga ko‘pkari o‘ynash uchun keldim. Seni ko‘rmayapman”, deya murojaat qilgan. Ushbu lavha jangchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan.

Maxachevning tashrifi davomida u Qirg‘izistondagi an’anaviy ot sporti — ko‘pkari bahsida ham ishtirok etdi. Jangchi keyinchalik ushbu o‘yindan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, musobaqa jarayoni kutilganidan ancha murakkab bo‘lganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli Islam Maxachev UFC’ning yarim o‘rta vazn toifasidagi amaldagi chempioni bo‘lib, professional faoliyatida 29 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Miqtibek Orolboy esa UFC’da faoliyat yuritayotgan qirg‘izistonlik jangchi bo‘lib, uning professional rekordi 16 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat va 1 ta durangdan iborat.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting