Iroda Sirojiddinova o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempioniga aylandi
kvadorning Guayakil shahrida dzyudo sport turi bo‘yicha o‘smirlar ishtirokidagi asosiy musoba - Jahon chempionati davom etmoqda.
Dunyo birinchiligining birinchi kungi bellashuvlari O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli keldi. Aurelio Chiprian-Flis bosh murabbiyligidagi kadetlarimiz 1 ta oltin, 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Quvonarlisi, Iroda Sirojiddinova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempioniga aylandi.
Terma jamoamiz a’zolaridan Bobur Yusupov (-55 kg), Alina Kolyucheva (-44 kg) va Charos Hikmatova (-48 kg) jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Birinchi kungi bellashuvlardan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan 60 davlat orasida umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallab turibdi.