locale OZ

Iordaniyalik murabbiy Toshkentda stol tennis murabbiylari uchun seminar boshladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Iordaniyalik murabbiy Toshkentda stol tennis murabbiylari uchun seminar boshladi
PHOTO: Google

Bugun poytaxtimizda stol tennisi boʻyicha mahalliy murabbiylar uchun seminar boshlandi.

O’ninchi aprelga qadar davom etadigan ushbu tadbir Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining Olimpiya birdamligi loyihasi, Xalqaro va mamlakat stol tennisi federatsiyalari hamkorligida tashkil etilmoqda.

Hozirda Qatarda faoliyat olib borayotgan Iordaniyalik ekspert Muhammad Atum o’ninchi aprelgacha mashg’ulotlarda sportchilarni shugʻullantirishning zamonaviy metodikalari, ularga toʻgʻri yuklama berish va musobaqalarga psixologik tayyorlash kabi mavzularda treyninglar o’tkazadi.

Qirq sakkiz yoshli mutaxassis faoliyati davomida Iordaniya va O’mon terma jamoalarida murabbiylik qilgan. Shuningdek 2020-2024 yillarda Xalqaro stol tennis federatsiyasining Rivojlanish dasturiga rahbarlik qilgan.

Seminarda Respublikamizning turli hududlaridan 28 nafar murabbiy qatnashmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting