locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Ilyas Bekbulatov sportchi sifatidagi faoliyatini yakunlayaptimi?

Boshqa sport turlari 13 iyn 2025 da 04:02
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Ilyas Bekbulatov sportchi sifatidagi faoliyatini yakunlayaptimi?
Rasm: Olamsport.uz

Erkin kurash bo‘yicha Yevropa va Osiyo chempioni, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ilyas Bekbulatov katta sportdagi faoliyati bo‘yicha muhim qaror qabul qilgan ko‘rinadi.

74 kg vazn toifasida yurtdoshlarimiz sharafini himoya qilgan tajribali kurashchi endi elit musobaqalarda ishtirok etish niyati yo‘qligini ma’lum qildi:

“Gilamga qaytish istagim yo‘q. Xohish yo‘q. Olimpiada mavzusi men uchun yopiq. Balki qandaydir turnirlarda qatnasharman, balki murabbiylikka o‘taman”, – deydi Bekbulatov.

Ma’lumot uchun, ushbu vazn toifasida O‘zbekiston terma jamoasida uch nafar taniqli sportchi bor: Bekzod Abdurahmonov, Razambek Jamalov va Ilyas Bekbulatov. Ushbu qaror terma jamoa muvozanatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha noma’lum.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting