locale OZ

Iliya Topuriya: Mahachevni nokaut qila olaman

UFC sobiq chempioni yarim o'rta vaznda Islam Mahachevni mag'lub etishga tayyor ekanini bildirdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UFC’ning sobiq chempioni Iliya Topuriya yarim o'rta vaznda Islam Mahachevga qarshi jangda g'alaba qozonishiga ishonmoqda.

— Nega unday bo'lmasin? Men 77 kilogramm vaznda jang qiladigan juda ko'p yigitlar bilan sparring qilganman. Ularga qarshi o'zimni erkin his qilganman, raundlarimiz qattiq raqobatli o'tgan. Men har qanday raqibni mag'lub etish va nokaut qilish quvvatiga egaman, ayniqsa, jangda dunyoning eng kuchli jangchisi nomi tursa.

Agar ko'chada birov xotinim haqida nimadir desa, uning vazni yoki qo'li qanchalik uzunligini hisoblab o'tirmayman — shunchaki o'zimni himoya qilaman. Mahachev bilan jangda esa menga pul to'lanadi, yana bir chempionlik kamari uchun imkoniyat paydo bo'ladi. Bunday vaziyatda nega tavakkal qilmasligim kerak? — dedi Topuriya.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting