Iliya Topuriya Hollouey va Oliveyra o‘rtasidagi revansh jangi borasida o‘z taxminini bildirdi
Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, 29 yoshli Iliya Topuriya sobiq chempion Charlz Oliveyra hamda BMF kamari sohibi Maks Hollouey o‘rtasidagi bo‘lajak to‘qnashuv haqida fikr bildirdi.
Mazkur uchrashuv 8 mart kuni Las-Vegasda o‘tkaziladigan UFC 326 turnirining markaziy toʻqnashuvi bo‘lishi kutilmoqda.
Topuriya Low Kick MMA portaliga bergan intervyusida braziliyalik jangchining xarakterini yuqori baholagan bo‘lsa-da, g‘alaba imkoniyatlarini ko‘proq amerikalik sportchiga berdi.
«Charlz — xarakteri juda kuchli va ajoyib inson, men uni hurmat qilaman. Biroq, bu safar Maks vazifani uddalaydi deb o‘ylayman. Shunga qaramay, Oliveyrani hisobdan chiqarish xato bo‘ladi. U o‘ta xavfli jangchi va uchrashuvning istalgan soniyasida raqibini taslim bo‘lishga majbur qilishi mumkin», — deya ta’kidladi Topuriya.
Ma’lumot uchun, Iliya Topuriya hozirda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda. E’tiborli jihati, u ushbu juftlikning har ikki vakilini ham mag‘lub etishga ulgurgan: 2024 yilning oktyabrida Holloueyni, joriy yilning yanvar oyida esa (UFC 317) Charlz Oliveyrani muddatidan oldin taslim etib, o‘z unvonini himoya qilgan edi.