locale OZ

Iliya Topuriya engil vaznga o‘tish sababini yurakdan ochiqladi

«Cho‘lda emas, dengiz bo‘yida yashashni xohlayman»
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UFC sobiq chempioni Iliya Topuriya vazn kamaytirish jarayonining og‘ir taassurotlarini tasvirlar ekan, nega aynan engil vazn toifasiga o‘tganini samimiy tarzda izohladi.

“Vazn tashlayotgan paytda yeyish-ichishdan cheklanish hayotni ma'nosiz qiladi. Sizga pul ham, mashinalar ham qiziq bo‘lmay qoladi. Agar kimdir: ‘Mana, ich bu stakan suvni, vazning oshmaydi,’ desa — men hamma narsadan voz kechardim. Bu juda og‘ir holat. Go‘yo och holda ko‘chada yurgandek bo‘lasiz. Jisman va ruhan sinib ketasan. Endi bu azobni boshdan o‘tkazishni xohlamayman,” — dedi Topuriya.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday turmush tarzi unga og‘irlik qilgan va u o‘zini go‘yo cho‘lda yashagandek his qilgan. Endi esa u tinchlik va erkinlik istaydi.

“Men orzumga yetdim — chempion bo‘ldim. Endi bu bobni yopish vaqti keldi. Men cho‘lda emas, dengiz bo‘yida yashashni xohlayman,” — deya xulosa qildi u.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting