locale OZ

Iliya Topuriya Charlz Oliveyraga qarshi jang oldidan murabbiylar shtabini o'zgartirdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UFC’ning sobiq yarim engil vazn toifasidagi chempioni, gruzin ildizlariga ega ispaniyalik jangchi Iliya Topuriya o‘z murabbiylarini almashtirishga qaror qildi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Topuriya Xorxe Kliment va uning ukasi Augusto bilan hamkorlikni to‘xtatdi. Bunga asosiy sabab – logistik muammolar bo‘lgan. Jangchi va uning murabbiylari turli shaharlarda yashashi hamda boshqa loyihalarda band bo‘lishi natijasida tayyorgarlik jarayoni to‘liq ta’minlanmagan.

Topuriya hozirda o‘zining yangi murabbiylar shtabini shakllantirmoqda. Bu o‘zgarishlar 29 iyun kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC 317 turniridagi hal qiluvchi jang oldidan amalga oshirilmoqda. Unda u braziliyalik Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi. Jang g‘olibi UFC’ning bo‘sh turgan engil vazn chempioni unvonini qo‘lga kiritadi.

Topuriyaning menejeri Ali Abdel-Azizning ta’kidlashicha, bu jangda g‘alaba qozongan jangchi keyinchalik amaldagi chempion, rossiyalik Islam Maxachev bilan birlashtiruvchi jang o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting