Ilia Topuriya Getjiga qarshi jangdan bir yarim oy o‘tgach, o'z yuzini ko‘rsatdi - foto
Sobiq UFC chempioni Ilia Topuriya Jastin Getjiga qarshi og‘ir jangidan qariyb bir yarim oy o‘tib ilk bor yuzining yangi suratini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi. Suratda jang vaqtida olgan og‘ir jarohatlar deyarli bitgani, yuzidagi shish va ko‘karishlar esa sezilarli darajada yo‘qolgani ko‘rinadi.

Eslatib o‘tamiz, Topuriya UFC turnirida Jastin Getjiga texnik nokaut orqali mag‘lub bo‘lgandi. O‘sha jangda u burun suyagi va ko‘z kosasi suyaklaridan jarohat olgan, shuningdek, ma’lum vaqt ikkala ko‘zida ham ko‘rish bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan. Shunga qaramay, shifokorlar jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj yo‘qligini ma’lum qilgan edi.
Hozirda Ilia Topuriya tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Uning murabbiylari jangchi yil oxiriga qadar yoki 2027-yil boshida oktagonga qaytishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Topuriyaning o‘zi esa kelajakda Jastin Getji bilan revansh jangi o‘tkazish istagini bir necha bor bildirgan.