locale OZ

Ilhom Hamroyev: \"Nasib qilsa, kubokni Buxoroga olib ketamiz\"

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilhom Hamroyev: "Nasib qilsa, kubokni Buxoroga olib ketamiz"
PHOTO: Telegram

Xabaringiz bor, 2-iyun sanasida O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Bosh sovrin uchun BMB hamda "Oil Star" jamoalari kurash olib boradi.

Biz mazkur bahs oldidan buxoroliklar sardori Ilhom Hamroyev bilan bog‘landik.

"Assalomu alaykum. Finalga tayyorgarlikni boshlab yuborganmiz. Barchasi rejadagidek ketmoqda. Ba’zi o‘yinchilarimizda jarohat mavjud, lekin finalgacha ular safga qaytadi, deb umid qilamiz.

BMB jamoasining kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqyapmiz hamda shunga yarasha tayyorlanyapmiz. Albatta, maqsad — chempionlik. Nasib qilsa, kubokni Buxoroga olib ketamiz.

Futzal ishqibozlarini arenaga chorlab qolamiz. O‘ylaymanki, qiziqarli, tomoshabop o‘yin bo‘ladi".

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting