Ikki yosh o‘zbekistonlik og‘ir atlet jahon chempionatining so‘nggi kunida ishtirok etadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ikki yosh o‘zbekistonlik og‘ir atlet jahon chempionatining so‘nggi kunida ishtirok etadi
6 may kuni Peru poytaxti Limada o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati yakunlanadi.
Musobaqaning so‘nggi kunida (6 may) O‘zbekiston sharafini ikki sportchi himoya qiladi:
– Qudratbek Salimjonov — 109 kggacha bo‘lgan vazn toifasida, uning chiqishi Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi;
– Omadillo Olimov — 109 kgdan ortiq vazn toifasida, uning bahsi 22:00 da start oladi.
Shuningdek, final kuni (6 may) quyidagi vazn toifalarida ham bahslar o‘tkaziladi:
Ayollar: 87 kggacha (19:30), 87 kgdan ortiq (22:00);
Erkaklar: 109 kggacha (19:30), 109 kgdan ortiq (22:00).
Bakradze Iman
Redaktor