locale OZ

Ikki terma jamoa - yagona g‘alaba! Osiyo chempionatida 32 ta medal!

Sportchi va murabbiylarga tashakkurnoma hamda pul mukofotlari topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ikki terma jamoa - yagona g‘alaba! Osiyo chempionatida 32 ta medal!
photo: judouz

Indoneziyada o‘tkazilgan kadetlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi 32 ta medal, jumladan, 15 ta oltin medal qo‘lga kiritdi. Bu esa mamlakatimizning Osiyo dzyudosidagi yetakchi mavqeining yorqin tasdig‘i bo‘ldi.

Sportchi va murabbiylarga tashakkurnoma hamda pul mukofotlarini O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov, rais o‘rinbosari Zafar Qahramonov topshirdi.

Marosimda so‘zga chiqqan Azizjon Kamilov erishilgan g‘alabalar imkoniyatlarning chegarasi emasligini ta’kidladi: "Nafaqat Osiyoda yetakchilikni saqlab qolish, balki jahon dzyudosi cho‘qqilariga intilish kerak. Kadetlar va yoshlar - milliy terma jamoaning ertasi, o‘zbek dzyudosining kelajagi aynan ularning matonati, intizomi va mehnatsevarligiga bog‘liq."

Federatsiya rahbari sportchilarimizga Peruda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini tilab, murabbiylar jamoasiga fidokorona mehnatlari uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting