locale OZ

Ikki o‘zbekistonlik sportchi doping sabab Aichi–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlaridan chetlatildi

Sportchilarga nisbatan yakuniy qaror qo‘shimcha tekshiruvlar, tushuntirishlar va tegishli huquqiy jarayonlar yakunlanganidan so‘ng e’lon qilinadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ikki o‘zbekistonlik sportchi doping sabab Aichi–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlaridan chetlatildi
Foto: Getty Images

Aichi–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlari arafasida ikki sportchi doping bilan bog‘liq holat sabab musobaqalarda ishtirok etish huquqidan vaqtincha mahrum qilindi. Pavel Eygel va o‘zbekistonlik Nodirbek Shavkatovdan olingan namunalarda taqiqlangan moddalar aniqlangani Xalqaro doping-test agentligi tomonidan tasdiqlandi.

Manbaga ko‘ra, Pavel Eygelning tahlilida trimetazidin, Nodirbek Shavkatovning namunasida esa meldoniy moddasi topilgan. Har ikki modda antidoping qoidalariga ko‘ra taqiqlangan preparatlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Shundan so‘ng har ikki sportchiga nisbatan vaqtinchalik chetlatish chorasi qo‘llanildi. Shu sababli Eygel va Shavkatov Aichi–Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Ularning ishlari belgilangan antidoping tartib-taomillari asosida alohida ko‘rib chiqiladi.

Ma’lumot uchun, vaqtinchalik chetlatish yakuniy diskvalifikatsiya hisoblanmaydi. Sportchilarga nisbatan yakuniy qaror qo‘shimcha tekshiruvlar, tushuntirishlar va tegishli huquqiy jarayonlar yakunlanganidan so‘ng e’lon qilinadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting