Ikki o‘zbek tennischisi Doxadagi stol tennisi bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ikki o‘zbek tennischisi Doxadagi stol tennisi bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etadi
17-maydan 25-maygacha Qatar poytaxti Doha shahrida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Musobaqa «Lusail Arena» va Qatar universiteti sport majmualarida tashkil etiladi.
uzttnews Telegram kanali xabar berishicha, ayollar o‘rtasidagi juftlik bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini Marhabo Maʼdieva va Asel Erkebayeva himoya qiladi.
Turnir doirasida yuqori saviyadagi to‘qnashuvlar 9 kun davom etadi. Jahon chempionati beshta yo‘nalishda o‘tkaziladi: erkaklar va ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi juftliklar hamda aralash juftlik bellashuvlari. Yakkalik bahslari 7 setgacha, juftlik bahslari esa 5 setgacha bo‘lgan formatda o‘tkaziladi.
Bakradze Iman
Redaktor