Ikki karra Olimpiya chempioni Ulugʻbek Rashitov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sportchi 2027 yilgacha musobaqalarda ishtirok eta olmaydi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Xalqaro doping sinov agentligi (ITA) taekvondochi Ulugʻbek Rashitovning nega ikki yilga diskvalifikatsiya qilinganini maʼlum qildi. Maʼlumotlarga koʻra, Rashitov oxirgi 12 oy ichida oʻz joylashuvi haqidagi maʼlumotni uch marotaba notoʻgʻri taqdim etgan. Bu holat antidoping qoidalari buzilishi sifatida baholanadi (ADRV).
Agentlik xabarida aytilishicha, Rashitov qoidabuzarlikni inkor etmagan va taklif qilingan jazoni qabul qilgan.
Diskvalifikatsiya muddati sportchi ixtiyoriy ravishda vaqtincha chetlatilgan sana — 2025 yil 13 maydan boshlab hisoblanadi va 2027 yil 12 maygacha davom etadi.
Shuningdek, 2025 yil 3 fevraldan diskvalifikatsiya boshlangan vaqtgacha sportchi qayd etgan barcha individual natijalar ham bekor qilingan.
Bakradze Iman
Redaktor