locale OZ

III Osiyo o‘yinlariga otlangan kadetlarimiz hamda ularning ota-onalari bilan uch tomonlama shartnoma imzolandi

Shifokorimiz dzyudochilarning vazn tashlash jarayoniga ham alohida e’tibor qaratdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
III Osiyo o‘yinlariga otlangan kadetlarimiz hamda ularning ota-onalari bilan uch tomonlama shartnoma imzolandi
photo: Dzyudo Uzbekistan

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida Bahraynda o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi kadetlarimiz, terma jamoa bosh murabbiyi, dzyudochilarning shaxsiy murabiylari hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Federatsiya raisi o‘rinbosari Kseniya Gulyamova so‘zga chiqib, kadetlarimiz oldida turgan musobaqaning mas’uliyati, ijobiy natija qayd etish uchun davlatimiz va federatsiya tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilganini aytdi.

Terma jamoalarimiz shifokori Aziz Qayumov esa bugungi kunda eng dolzarb bo‘lib turgan doping masalasida atroflicha tushuntirish berdi. Shuningdek, shifokorimiz dzyudochilarning vazn tashlash jarayoniga ham alohida e’tibor qaratdi. Bu bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalarni berdi. Ortiqcha vazn sabab xalqaro musobaqalarda ishtirok eta olmagan dzyudochilarimiz bilan bog‘liq holatlar tanqid ostiga olindi.

Bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning oldini olish maqsadida uch tomonlama - Federatsiya, ota-onalar va dzyudochilar ishtirokida shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, doping, vazn va tartib-intizomga amal qilish, maktab darslarini qoldirmaslik, umuman olganda hujjatdagi barcha talablarga rioya etish qonunlashtirib qo‘yildi. Shartnoma bandlari buzilgan holatda moliyaviy jarima qo‘llaniladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting