IHB kubogining chempionlaridan yana bir yutuq
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Pokiston davlatida gandbol bo‘yicha U-17 va U-19 qizlar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining III - Markaziy Osiyo bosqichidagi so‘ngi uchrashuvida maydonga tushdi.

Muddatidan oldin musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan gandbolchilarimiz bu gal tojikistonlik tengdoshlariga “dars” o‘tishdi. Hisob 39:16 ko‘rinish oldi. Umuman olganda, U-19 qizlar terma jamoamiz ushbu bosqich doirasida to‘rt o‘yin o‘tkazib, barchasida g‘alabaga erishdi. Bu yuz foizlik ko‘rsatkich, demak.
Ertaga O‘zbekiston U-17 jamoasi ham birinchilik g‘olibi sifatida oxirgi uchrashuvini o‘tkazadi. Qizlarimiz mezbon – Pokiston jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Katta yoshli gandbolchilarimiz esa dam oladi.

Ziyoda Risqulova uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.