locale OZ

Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Konferensiya davomida assotsiatsiya rahbariyati qayta shakllantirilib yaqin davr uchun ustuvor rejalar muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatov Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi
photo: MOQ

Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot saylov-konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Ichki ishlar vazirligi, Sport vazirligi, MOQ rahbariyati va soha mutasaddilari ishtirok etishdi.

Konferensiya davomida assotsiatsiya rahbariyati qayta shakllantirilib, yaqin davr uchun ustuvor rejalar muhokama qilindi. Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatovning mamlakat voleybol federatsiyasi rahbari sifatidagi muvaffaqiyatli faoliyati inobatga olinib, uning nomzodi Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi lavozimiga ilgari surildi. Nomzodlar ushbu taklifni bir ovozdan maʼqullashdi va Aziz Anvarovich Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.

Shuningdek, assotsiatsiya raisining oʻrinbosarlari, bosh kotib va ijrochi direktorlari ham saylanib, rahbariyat tarkibi toʻliq shakllantirib olindi.

Tadbirda soʻz olgan rasmiylar assotsiatsiya rahbariyatini masʼuliyatli lavozim bilan qutlab, sharafli vazifalarini amalga oshirishlari yoʻlida omad va muvaffaqiyatlar tilashdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting