locale OZ

Ian Garri: Mahachevning yarim oʻrta vaznga oʻtishi fojia boʻladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ian Garri: Mahachevning yarim oʻrta vaznga oʻtishi fojia boʻladi
Ian Garri: Mahachevning yarim oʻrta vaznga oʻtishi fojia boʻladi

UFC’ning yarim oʻrta vazn toifasidagi jangchisi Ian Garri Islom Mahachevning 77 kg gacha boʻlgan vaznga oʻtishi haqida gapirdi va bu qarorning divizionga taʼsiri haqida fikr bildirdi.

«Agar u yarim oʻrta vaznga oʻtishga qaror qilsa, UFC unga chempionlik jangini berishdan tortinmaydi. Bu Islom Mahachev — dunyodagi eng yaxshi jangchi. Biz unga hurmat bilan qarashimiz kerak. Agar u: “Men chempionlik uchun jang qilmoqchiman”, desa, hech kim qarshi bo'lmaydi», — dedi Garri Bloody Elbow nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, u qo'shimcha aytdi:
«Agar u vaznimizga oʻtsa va shu yerda qolsa, bu har birimiz uchun fojia boʻladi. Mahachev — kuchli va universal sportchi. Habib ham shunday boʻlgan — ehtimol, u janglarda hatto ehtiyotroq edi. Uning oʻtishi yarim oʻrta vaznni yanada raqobatbardosh qiladi. Men u bilan jang qilishni istayman».

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting