locale OZ

Humoyun Toʻxtamurodov Qozogʻistonda jang qilib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Qozogʻistonning Olma-Ota shahridagi "Baluan-Sholak" majmuasida MMA boʻyicha Nomad Fighting 13 turniri oʻtkazilmoqda. Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu turnirning preelim kardida engil vazn toifasidagi taniqli oʻzbekistonlik aralash jang san'ati ustasi Humoyun Toʻxtamurodov ringga chiqdi. Unga Rossiya vakili Dmitriy Yakovlev raqiblik qildi.

3 raundlik jangning ilk raundidayoq hamyurtimiz oʻng qoʻlda yoʻllagan kuchli zarbasi orqali Yakovlevni nokautga uchratdi va oʻz gʻalabasini rasmiylashtirdi. Musobaqaning markaziy jangi Qozogʻiston vakili Vasif Abbasov hamda Qirgʻizistonlik Samat Abdurahmonov oʻrtasida kechadi.

Bu jang orqali 26 yoshli Humoyun Toʻxtamurodov faoliyatidagi oʻn uchinchi gʻalabasini nishonladi. Uning hisobida 5 ta magʻlubiyat ham bor. Dmitriy Yakovlevning rekordi esa endi 5-9-0 koʻrinishida. U 2023 yilda boshqa bir sportchimiz — Amirkhon Alixoʻjayevga ham magʻlub boʻlgandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting