locale OZ

Hulk Hogan kurash bo‘yicha profligani yo‘lga qo‘yadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hulk Hogan kurash bo‘yicha profligani yo‘lga qo‘yadi
Rasm: gettyimages.com

1980-yillar amerikalik wrestling afsonasi Hulk Hogan kurash bo‘yicha Real American Freestyle (RAF) nomli yangi professional ligani tashkil etmoqda. Bu haqda Forbes xabar berdi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, ushbu liga hozirgi avlod kurashchilari uchun o‘zining birinchi shunday loyihasiga aylanadi. RAF musobaqalar o‘tkazuvchi va hamkor sifatida faoliyat yuritadi, shuningdek, yangi wrestlerlar uchun tayyorlov platformasi yaratadi.

Liganing ommaviy debyuti American Grit nomli haftalik shou orqali bo‘ladi. Uning birinchi soni 15 iyun kuni namoyish etilishi kutilmoqda. Hozirda loyiha jamoasi striming platformalari va telekanallar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Hulk Hoganning ligasi bilan bir qatorda mashhur sportchilar ham hamkorlik qilishga rozilik bergan. Ular orasida uch karra jahon chempioni Kyle Snyder, Parij Olimpiadasi bronza sovrindori Aaron Brooks va ikki karra AQSh chempioni David Carr bor.

Liganing bosh homiysi sifatida Hulk Hoganga qisman tegishli bo‘lgan Real American Beer pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyasi chiqqan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting