locale OZ

Hududlar dzyudosi yangi bosqichga ko‘tariladi

Bu haqda O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hududlar dzyudosi yangi bosqichga ko‘tariladi
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi

Hududlar dzyudosini yanada rivojlantirish, uni yangi bosqichga olib chiqish O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Sir emas, mamlakat dzyudosining yuzi hisoblangan terma jamoalarning qanchalik kuchli bo‘lishi bevosita hududlardagi dzyudo rivojiga bog‘liq. Shu maqsadda, bugun O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida hududiy bo‘limlar ijrochi direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Federatsiya bosh kotibi Aziz Sobirov boshchiligida o‘tgan yig‘ilishda bir qator muhim masalar muhokama qilindi. Jumladan, hududlar dzyudosini umumiy rivojlantirish, shaffof seleksiya tizimini yanada takomillashtirish, viloyatlarda o‘tkaziladigan musobaqalar sonini ko‘paytirish, murabbiylar malakasini oshirish yo‘lida seminarlar tashkil etish, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi va qator hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan bunyod etilgan yengil konstruksiyali ixtisoslashtirilgan dzyudo zallari samaradorligini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi va bu bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting