Holmurad Nurmatov raqibini kutilmagan nokaut bilan yengdi
ACA 189 turniridagi yirik g‘alaba Nurmatovning professional faoliyatidagi 15-sini tashkil qildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Rossiya Federatsiyasining Grozniy shahrida MMA bo‘yicha ACA 189 turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan tajribali sportchi Holmurad Nurmatov rossiyalik Ahmed Xamzaevga qarshi oktagonga chiqdi.
Eng yengil vazn toifasidagi jang uch raundga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, uchinchi raund davomida Nurmatovning kuchli zarbasi jangga barvaqt yakun yasadi — raqib nokautga uchradi va g‘alaba o‘zbekistonlik sportchining tomonida bo‘ldi.
Shu tariqa, 31 yoshli Holmurad Nurmatov professional faoliyatidagi 24-jangini o‘tkazib, 15-g‘alabasini qayd etdi. Shuningdek, uning hisobida 8 mag‘lubiyat va 1 durang bor. Ahmed Xamzaev uchun esa bu jang 14-marta oktagonga chiqishi bo‘lib, u faoliyatidagi 3-mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.
Bakradze Iman
Redaktor