Holmurad Nurmatov ACA reytingida yuqoriladi
O‘zbekistonlik jangchi so‘nggi g‘alabasi orqali o‘ta engil vaznda 12-pog‘onaga chiqdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: ACA-MMA
Absolute Championship Akhmat (ACA) MMA ligasi yaqindagi musobaqalar natijalariga asoslanib reytingini yangiladi.
Eslatib o‘tamiz, 11 iyul kuni Grozniydagi ACA 189 turnirida o‘zbekistonlik Holmurad Nurmatov rossiyalik Ahmed Xamzaevni uchinchi raundda nokautga uchratgandi.
Aprel oyida Nurmatov o‘ta engil vazn toifasi reytingida 15-o‘rinni egallagan edi. Yangilangan ko‘rsatkichlarga ko‘ra, u ikki pog‘ona yuqorilab, 12-pozitsiyani egalladi.
Mazkur vazn toifasidagi amaldagi chempion — rossiyalik Azamat Pshukov.

Bakradze Iman
Redaktor