locale OZ

Holmirzayev — muddatidan oldin, Ortiqov — markaziy jangda g'alaba qozondi: One Friday Fights 107da ikki hamyurtimiz zafar quchdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Kechа, 9 may kuni Tailand poytaxti Bangkokdagi mashhur “Lumpinee” arenasida ONE Friday Fights 107 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Turnir o‘zbekistonlik muay-taychilar uchun muvaffaqiyatli kechdi.

Kechaning markaziy jangidan joy olgan Aslamjon Ortiqov taylandlik Dedduanglek Vanghongomga qarshi oktagonga ko‘tarildi. Barcha raundlar davom etgan to‘qnashuvda hamyurtimiz butun jang davomida ustunlikni qo‘ldan bermadi va hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu Ortiqov uchun 21-jangda 21-g‘alaba bo‘ldi.

Turnirda yana bir o‘zbekistonlik sportchi — Avazbek Holmirzayev ham ringga chiqdi. U Braziliya vakili Robson de Oliveirani ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etib, professional faoliyatidagi 12-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Hozirda uning hisobida 12 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat bor.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting