locale OZ

Hollouey Maxachevga qarshi jang qilishga tayyorligini bildirdi

8 mart kuni Maks sobiq chempion Charlz Oliveyraga qarshi oktagonga koʻtariladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hollouey Maxachevga qarshi jang qilishga tayyorligini bildirdi
FOTO: Getty Images

Yarimyengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni amerikalik Maks Hollouey tashkilot yulduzi, rossiyalik Islom Maxachevga qarshi jang qilishga tayyorligini bildirdi.

«Mendan o‘z mahoratimni kimga qarshi sinab ko‘rmoqchi ekanligim haqida so‘rashdi. Biz Xabib Nurmagomedov bilan jang qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bergan edik, shuning uchun endi Islom — navbatdagi katta yulduz. Bu juda qiziqarli to‘qnashuv bo‘lar edi», — deya Holloueyning so‘zlarini keltiradi UFC matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 8 mart kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC 326 turnirida Hollouey braziliyalik sobiq chempion Charlz Oliveyraga qarshi revansh jangini o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting