“Hokim Olimpiadasi” doirasida voleybol musobaqasi yakunlandi
Samarqand o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida voleybol bo‘yicha qizlar va o‘g‘il bolalar o'rtasida “Samarqand viloyati hokimi Olimpiadasi” bellashuvlari yuqori saviyada tashkil etildi.
Viloyatimizning tuman va shaharlaridan kelgan jamoalar o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda maydonga tushib, jamoaviy hamjihatlik hamda g‘alabaga intilish borasida munosib ishtirok etdilar.
Yakunda qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi
2-o‘rin — Samarqand shahar 1-son sport maktabi jamoasi
3-o‘rin — Kattaqo‘rg‘on tumani sport maktabi jamoasi
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — Samarqand olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi
2-o‘rin — Jomboy tumani sport maktabi jamoasi
3-o‘rin — Qo‘shrabot tumani sport maktabi jamoasi
Taqdirlash marosimida viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O. Sobirov ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni samimiy tabrikladi. Endilikda g‘olib jamoa musobaqaning keyingi Respublika bosqichida ishtirok etadi.