Hindistonda shaxmat bo‘yicha jahon kubogi davom etmoqda. O‘zbekistonlik shaxmatchilar qanday ishtirok etmoqda?
7–8-noyabr kunlari 1/32 bosqich bahslari o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Uzbekistan chess federation
Avval xabar berganimizdek, 30-oktabr – 27-noyabr kunlari Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli “FIDE Jahon kubogi 2025” xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
7–8-noyabr kunlari 1/32 bosqich bahslari o‘tkazildi.
Hamyurtimiz Javohir Sindarov Gretsiya shaxmatchisi Teodoru Nikolas ustidan 1,5:0,5 hisobida ishonchli g‘alaba qozonib, 4-bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Nodirbek Yakubboev Chexiya vakili Nguen Thai Dai Van bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. 9-noyabr kuni g‘olibni aniqlash uchun tay-brek bahslari bo‘lib o‘tadi.
Shamsiddin Vohidov (O‘zbekiston) hindistonlik Erigaizi Arjunga 0,5:1,5,
Nodirbek Abdusattorov esa meksikalik Xose Martinezga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist