locale OZ

Hindistonda o‘q otish bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilar 5 ta medalga ega bo‘lishdi

Milliy terma jamoamiz a’zolari yurtimizga qaytib keldilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Hindistonda o‘q otish bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilar 5 ta medalga ega bo‘lishdi
Фото: Спорт вазирлиги

Hindistonning Nyu-Dehli shahrida joriy yilning 2–14-fevral kunlari o‘q otish sporti bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan milliy terma jamoamiz a’zolari yurtimizga qaytib keldilar.

Mazkur nufuzli musobaqada sportchilarimiz jami 5 ta medalni qo‘lga kiritdilar:
3 ta oltin va 2 ta kumush medal.

Shundan:
– yakkalik bahslarida 1 ta oltin;
– jamoaviy bahslarda 2 ta oltin va 2 ta kumush medal qo‘lga kiritildi.

Sportchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov, Mudofaa vaziri oʻrinbosari Alisher Narbayev, sportchilarning ota-onalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali ravishda kutib olinib, kelgusida oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarda ularga yanada yuksak natijalar va zafarlar tilashdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting